Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.K. qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, u fuqaro F.K.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSh dollari evaziga Isroil davlatiga ishga joylashtirishni va’da qilgan.
Kelishilgan mablag‘ning 7 000 AQSh dollarini oldindan bo‘nak sifatida olgan vaqtida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











