Jahon | 11:18 / 25.07.2023
9814
1 daqiqa o‘qiladi

Reznikov: Ukraina Qrim va Qrim ko‘prigiga hujum qilishda davom etadi

Ukraina Qrim va Kerch ko‘prigiga hujum qilishda davom etadi, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov. 

Foto: dpa

«Bu nishonlarning barchasi qonuniy, chunki bu Rossiyaning bizga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi va ukrainaliklarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi», dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida. 

Ukraina ko‘prikni butunlay vayron qilmoqchimi, degan savolga Reznikov dushman logistika liniyalarini yo‘q qilishni ularni ko‘proq o‘q-dorilar, yoqilg‘i va oziq-ovqat olish imkoniyatidan mahrum qilish uchun mo‘ljallangan «oddiy taktika» deb atadi. 

«Shuning uchun biz ularga qarshi bu taktikani qo‘llaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari. 

Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan ko‘prikda navbatdagi portlashlar 17 iyul kuni sodir bo‘ldi. OAV xabariga ko‘ra, hujumni Ukraina Xavfsizlik xizmati Ukraina dengiz floti bilan birgalikda uyushtirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid