Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Suriyada Amerika droniga hujum qilishda aybladi
AQSh Harbiy-havo kuchlari rahbari Rossiya qiruvchi samolyoti Suriya osmonida Amerika dronini urib tushirishga uringanini ma’lum qildi.
25 iyul, seshanba kuni AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi Harbiy-havo kuchlari boshlig‘i general-leytenant Aleks Grinkevichning ma’lum qilishicha, ikki kun avval Rossiya qiruvchi samolyoti Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchog‘ini Suriya osmonida urib tushirishga uringan.
Rossiya qiruvchi samolyoti «issiqlik tuzoqlari» chiqargan va dron parraklariga zarar yetkazgan, lekin operator uni qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
«Biz Suriyadagi Rossiya kuchlarini bu o‘ylamasdan, noprofessional xatti-harakatlarga zudlik bilan chek qo‘yishga chaqiramiz», — dedi Aleks Grinkevich AR axborot agentligiga bergan intervyusida.
O‘z navbatida, 23 iyul kuni Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari o‘rinbosari Oleg Gurinov Al-Bob hududida Amerika MQ-9 droni Rossiya samolyotlariga «xavfli tarzda yaqinlashgani» haqida ma’lum qildi. Natijada, uning so‘zlariga ko‘ra, bortdagi mudofaa tizimlari avtomatik ishlab ketgan.
9 iyul kuni Grinkevich Rossiya qiruvchi samolyotlari AQSh dronlari yaqinida «xavfsiz va noprofessional» harakatlarni amalga oshirganini aytdi. AQSh harbiylariga ko‘ra, ularning uchta uchuvchisiz uchog‘i IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash doirasida vazifani bajargan. Bu vaqtda ularni uchta Rossiya qiruvchi samolyoti «ta’qib qila boshlagan». Ular uchuvchisiz uchoqlarga yaqinlashib, UUA parvoz yo‘li bo‘ylab «parashyut signal raketalarini otdi».
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026