Jahon | 15:59 / 27.07.2023
15856
5 daqiqa o‘qiladi
Harbiy davrdagi Kiyev hayoti va Donbassdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 518-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- The New York Times Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumining asosiy yo‘nalishi Zaporijjya oblastida ekani haqida xabar berdi.
- Ukraina harbiylari Dnipro, Kiyev va Xarkiv oblastlari hududlarida rossiyaliklarning qanotli raketalarini urib tushirdi.
- Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini Rossiyada ishlab chiqarilgan Shahed dronlaridan foydalanishni boshlaganini ma’lum qildi.
- Smolensk AESni dronlardan himoyalash uchun 350 million rubl yo‘naltirildi.
- Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari maxsus xizmatlar Qrim ko‘prigida 2022 yil kuzida ro‘y bergan portlashlarga aloqadorligini tasdiqladi.
- RF oliy sudi Ukraina urushidagi ishtirok jazodan ozod qiladi, deb hisobladi. Bunday qaror inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan rossiyalik shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy Vladislav Ustinovni koloniyadan ozod etishga ruxsat berish orqali qabul qilindi.
- Ukrainalik rusparast jurnalist, Rossiyadagi propaganda tok-shousi ishtirokchisi Yanina Sokolovskaya RF armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Donbass yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar
Front bo‘yidagi shaharlardan qutqarilgan jonivorlar uchun boshpana
Kiyevdagi hayot
Mavzuga oid
11:40
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40
NATO yangi bosh kotibi G‘arbning Ukrainaga yordamini kuchaytirishga va’da berdi
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024