Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda 4 kishi jarohat oldi
Chilonzor tumanida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 29 iyul kuni soat 23:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina, 1990 yilda tug‘ilgan N.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina va 2000 yilda tug‘ilgan V.N. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchilari turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 20.11.2025
Chilonzorda YTHdan so‘ng elektromobil yonib ketdi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025