O‘zbekiston | 18:55 / 31.07.2023
4931
5 daqiqa o‘qiladi

«Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanloviga loyiha taqdim etishning 5 sababi

O‘zbekiston arxitektorlari, loyihachilari, urbanistlari, jurnalistlari va talabalari munosib e’tirof va pul mukofotiga ega bo‘lishlari mumkin. Loyihalar 6 avgustgacha qabul qilinadi.

Foto: KNAUF

Toshkentda sentabr oyida KNAUF kompaniyasi tomonidan uchinchi marta tashkil qilingan mustaqil «Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Tanlovda eng yaxshi loyihalarni tanlash uchun xalqaro hay’at yig‘iladi. Ukraina, Isroil, Ruminiya, Gruziyadan dongdor arxitektorlar va urbanistlar «Me'mor//2023»  g‘oliblarini aniqlash uchun birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyuradilar. Tashkilotchi ishtirokchilarning to‘liq anonimligini ta’minlaydi. Har bir loyihaga individual shifr biriktiriladi va hakamlar tanlov ishtirokchilari ism-shariflarini ko‘rmaydilar.

 «Me'mor//2023» afzalliklari va imkoniyatlari haqida koordinator, Chernovsi shahrining bosh arxitektori Nataliya Xilko (Ukraina) so‘zlab berdi:

«Arxitektura tanlovi hay’atini tanlashda shaxsiy yutuqlar salmoqli jihat bo‘ladi. O‘zbekistonda ushbu mamlakatnikidan tashqari, Ukraina, Ruminiya, Isroil va Gruziya arxitektura uyushmalarining ham bir-birlarini mutlaqo tanimaydigan eng yaxshi vakillari uchrashadilar. Ular g‘oliblarni aniqlashda maksimal darajada shaffof, halol va professional baho berilishini ta’minlaydilar.

Bu tanlov ijod va ta’limni uyg‘unlashtirish, professional ko‘nikmalarni rivojlantirish va arxitektura sohasidagi hamfikrlar kontaktlarini olish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Ishtirokchilar o‘zlarining buyurtmachi, o‘qituvchilar yoki loyiha topshirig‘i bilan chegaralanmagan g‘oyalari, konsepsiyalari va uslublarini ifodalashlari mumkin. Bu esa, eng yaxshi xalqaro arxitektorlardan o‘z loyihasi uchun mustaqil baho olishning ajoyib imkoniyatidir. Tanlovda 4 ta nominatsiya belgilangan, amalda aynan ular inson uchun qulay muhitni yaratadi: turar joylar, jamoat binolari, dizayn va obodonlashtirish. Hay’at o‘z tajribasiga asoslanib, eng yaxshi ishtirokchilarni aniqlaydi, ya’ni kelgusi tanlovlar uchun rejalarni belgilaydi. «Me'mor//2023» — bu sportdagi rekordlardek – har yili ularga erishish va ulardan o‘zishga intilish lozim».

Xalqaro miqyosdagi mutaxassislar va sohadagi hamkasblar e’tirofi

«Me'mor//2023» — bu o‘z ishlarini ko‘rsatish va boshqa uyushma hamda ijodiy jamoalar loyihalari bilan tanishish imkoniyatidir. Eng yaxshi loyihalar taqdirlash kuni KNAUF kompaniyasi tashkil etadigan ko‘rgazmada namoyish etiladi.

Bu yil KNAUF kompaniyasi 8 ta nominatsiya tayyorladi, ularning har birida 2 tadan guruh mavjud.

Ishtirokchilar istalgancha toifada loyihalar taqdim etishlari mumkin. Har bir toifada hay’at 2 ta yo‘nalishda sovrindorlarni aniqlaydi – “loyiha” va “bitgan obekt”. Nafaqat soha mutaxassislari, balki talabalar va jurnalistlar ham rag‘batlantiriladi

«Me'mor//2023» tashkilotchilari eng yaxshi talabalar loyihalari va arxitektura to‘g‘risida jurnalistik maqolalarning mualliflarini ham taqdirlaydi. Talabalar faqat “Loyiha” yo‘nalishida qatnashishlari mumkin.

«Me'mor//2023» umumiy mukofot jamg‘armasi 215 mln so‘mni tashkil qiladi. Nominatsiya sovrindorlari 8–10 mln so‘mdan, g‘olib talabalar – 6 mln so‘mdan, gran-pri sohibi – 15 mln so‘mga ega bo‘ladi. Tanlov yakuniga ko‘ra, yagona g‘olib jurnalist aniqlanadi, u 8 mln so‘m mukofot oladi.

 «Me'mor//2023» haqida sayt orqali batafsil ma’lumot olish hamda ariza taqdim etish mumkin. 

Telegram: https://t.me/memor2021uz

Instagram: https://www.instagram.com/memorcontest.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/memor2023uz

Sayt: memorcontest.uz

KNAUF – O‘zbekistonda!

KNAUF – oilaviy biznes tamoyillariga asoslangan va faoliyatining global ko‘lamda ekaniga qaramay, ushbu qadriyatlarni saqlab qola olgan xalqaro kompaniya. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi dunyodagi eng yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi.

KNAUF guruhining O‘zbekistonga investitsiyalari umumiy hajmi 100 mln yevrodan oshadi.

Mamlakatda 3 ta zavod ishlamoqda:

 - «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ XK (Buxoro viloyatidagi zavod);

- «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ XK (Farg‘ona viloyatidagi zavod);

- «BUXOROGIPS» AJ QK (Buxoro viloyatidagi zavod).

Uchta zavodning yalpi ishlab chiqarish quvvati yiliga 260 ming tonna quruq gips qorishmalari va 55 mln kv.m. gips plitani tashkil qiladi.

Reklama

Mavzuga oid