13 avgustda O‘zbekistonda KNAUF kompaniyasi tomonidan Quruvchilar kuni sharafiga strit-festivallar start oladi. Toshkentda boshlanadigan tadbirlar O‘zbekistonning jami 12 ta shahrini qamrab oladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bog‘lar, maydonlar, savdo markazlarida o‘tkaziladigan festivallarga kirish hamma uchun ochiq, barcha tadbirlar bepul bo‘ladi.

“Quruvchilar kuni munosabati bilan katta xalq saylini tashkil etish – O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasining yaxshi an’analaridan biri. Biz quruvchilar va ustalar bilan ishlaymiz va ishchi kasblarni ommalashtirish hamda jamiyatda ularning obro‘sini oshirish qanchalik muhim ekanini bilamiz.

Festival shiori – “GoKo‘chaga!” – bu monitorlar ortida unutilayotgan jonli, insoniy muloqotga chorlovdir. Kompyuter, televizor va gadjetlarni bir oqshom bo‘lsa ham, chetga suring. KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash uchun keling”, – deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

Festivallar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Gips haykalchani tanlab, o‘z qo‘lingiz bilan bo‘yash – festival jajji mehmonlarining sevimli mashg‘uloti.
  • G‘ayrioddiy fotohududda oilaviy yoki do‘stlar davrasida suratga tushish.
  • Devorlarga suratlar chizish, bu safar mumkin bo‘ladi.
  • Do‘stlar bilan basketbol o‘ynash: kim ko‘proq ochko yig‘adi?
  • Ko‘cha o‘yinlarida bolalikni yodga olish: lanka, arqon sakrash, klassik o‘yinlar o‘ynashga tayyormisiz?
  • Raqs bo‘yicha mahorat saboqlarida g‘ayrat-shijoatga to‘lish.

Quruvchilar kuni sharafiga o‘tkazilayotgan festivallarda animatorlar bolalarga havo sharlari va suvenirlar hadya etadi. Yoshi katta mehmonlarni sovrinli tanlovlar kutadi.

Festivallar Toshkentda boshlanadi