Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bor shaxslar uchun «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi
2024 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi.
Prezidentning «Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, dastur doirasida har yili «Sayohat barcha uchun!» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning respublikaning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinadi.
Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obektlari hamda aeroport, avto va temiryo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinadi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026