Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning Yaponiyaga ishga borishi imkoniyatlari kengayadi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov rahbarligidagi hukumat delegatsiyasi Yaponiyada bo‘ldi.
JICA tashkilotining Tokiodagi bosh ofisida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda JICA tashabbusi bilan 3 yilga mo‘ljallangan «Yaponiyada bandlik imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekistonning sanoat sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Loyihaga ko‘ra, Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni barcha soha va yo‘nalishlarda ishga joylashishga ko‘maklashiladi.
Qishloq xo‘jaligi, keksalarni parvarishlash, mehmonxona xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish sohalarida ishlash tartib qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi veb-portal joriy qilinadi.
Mazkur veb-portalda Yaponiyadagi potensial ish beruvchilar uchun O‘zbekistonning mehnat salohiyati, fuqarolarni mehnat migratsiyasiga tashkiliy, qonuniy va xavfsiz jalb qilish uchun yaratilgan tizim va infratuzilma haqida ma’lumotlar joylashtiriladi.
Shuningdek, loyiha doirasida yapon tili va kasbga o‘qitish kurslarini zamonaviy uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlashda ko‘maklashiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026