Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi tayinlovlarga ko‘ra:
- Botir Tog‘ayev vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida;
- Alisher Shukurov vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Botir Tog‘ayev 1976 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan, 2001-2015 yillarda Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borgan. Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida ishlagan, Qamashi tumani hokimi bo‘lgan.
Alisher Shukurov 1983 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi umumiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi, BMT huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. U hozirgi vaqtga qadar qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
07:31 / 26.11.2025