Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha «C5+1» formatidagi maxsus yig‘ilishda ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi 27 iyul kuni Afg‘oniston bo‘yicha «C5+1» maslahatlashuv formatida maxsus vakillar darajasidagi (Markaziy Osiyo+AQSh) maxsus sessiya yig‘ilishida ishtirok etdi.
Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida afg‘on inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakat yangi hukumatiga nisbatan mujassamlashgan pozitsiyasini rivojlantirish, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Ishtirokchi davlatlar vakillari Afg‘onistonda inson huquqlariga rioya etilishi haqida so‘z yuritib, «Tolibon» tomonidan jahon hamjamiyatining talablarini bajarish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Forum ishtirokchilari afg‘onistonlik ayollar va qizlarning ta’lim olish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidlab, Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh maxsus vakillari mintaqadagi terrorchilik tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish, Afg‘oniston hududini xalqaro terrorchilik tashkilotlari uchun xavfsiz boshpanaga aylantirishning oldini olish borasida yakdil fikr bildirdi.
Mavzuga oid
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
18:55 / 27.02.2026