Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlari qarzlari bois jiddiy tahdidga duch kelishi mumkin
Rossiyada 100 ming xorijlik qarzlari tufayli noqonuniy migrant maqomini olishi mumkin.
Rossiyada 2023 yil dekabriga qadar 50 mingga yaqin xorijlik mikromoliya tashkilotlari (MMT) oldidagi qarzi tufayli noqonuniy migrantga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, 2024 yilda ularning soni 100 mingga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Moskvadagi o‘zbek diasporasi rahbari, huquqshunos Bahrom Ismoilov «Vedomosti» bilan suhbatda gapirdi.
Migratsiya qonunchiligiga ko‘ra, chet elliklar mamlakatda bo‘lishning qonuniy muddati tugaganidan keyin Rossiyani tark etishi shart. Biroq, mehnat migrantlari tomonidan qarz va kreditlarni to‘lamaslik sud ijrochilari tomonidan Rossiyadan chiqib ketishning taqiqlanishiga olib keladi. Bir fuqaroga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qarz miqdori 70-80 ming rublni tashkil qilmoqda.
O‘zbek diasporasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart-iyul oylari davomida Rossiya sudlariga migrantlarga nisbatan 300 mingga yaqin shunday da’vo arizalari kiritilgan. Sudga asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga kredit berishga ixtisoslashgan mikromoliya tashkilotlari murojaat qilgan. Da’volarning umumiy miqdori 21-24 milliard rublga baholanmoqda.
Ismoilovning ta’kidlashicha, joriy yilning mart oyidan boshlab sudga berilgan da’volar soni keskin o‘sishni boshlagan. Bu holat mikroqarz tartib-qoidalarining onlayn formatga o‘tishi tufayli yuzaga kelgan, bu esa kredit olishni ancha osonlashtirgan. Ismoilov migrantlarning huquqiy savodxonligi pastligiga ham ishora qilmoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
08:25 / 06.02.2026