Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YTHga uchragan ikki tojikistonlik qutqarildi
Ular yuk mashinasida G‘uzor daryosi o‘zaniga tushib ketgan.
Qashqadaryo viloyatidagi G‘uzor daryosiga tushib ketgan yuk mashinasidagi ikki nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi pachoqlangan temirlar orasida qisilib qolib, tan jarohati oldi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari ularning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kecha, 5 avgust kuni soat 17:40 larda G‘uzor tumanining Obi-hayot mahallasida joylashgan Pachkamar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Termiz—Toshkent M-39 avtomobil yo‘lining 1249-kilometrida DAF rusumli yuk mashinasi haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, G‘uzor daryosiga tushib ketgan. Natijada ikki nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi pachoqlangan temirga qisilib qolib, tan jarohati olgan.

«Kelib tushgan xabarga ko‘ra, G‘uzor tuman FVBdan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:55 larda yetib borgan, yong‘in-qutqaruvchilarining sa’y harakatlari va mahalliy fuqarolar ko‘magida ikki nafar fuqaro qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga yuborildi. Hozirda fuqarolar shifokorlar nazoratida», deyiladi boshqarma axborotida.


Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
15:53 / 18.04.2026