Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Xirosima atom bombardimoni qurbonlari xotirasi yod etildi
AQSh Xirosimani atom bombasi bilan bombardimon qilganining 78 yilligiga bag‘ishlangan marosimda 50 mingga yaqin odam qatnashdi. Yaponiya hukumati dunyoni yadroviy quroldan voz kechishga chaqirdi.
Yaponiya 78 yil muqaddam Xirosimaga atom bombasi tashlangani oqibatida qurbon bo‘lganlarni xotirladi. Tinchlik bog‘ida 6 avgust, yakshanba kuni fojianing 78 yilligi munosabati bilan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda 50 mingga yaqin kishi, jumladan, 100 dan ortiq davlat va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etdi. O‘tgan yildagidek, Ukrainadagi urush fonida Rossiya va Belarus diplomatlari taklifnoma olmadi.
Mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da (Toshkent vaqti bilan 04:15) butun mamlakat bo‘ylab bir daqiqalik sukut e’lon qilindi, uni ortga hisoblash qo‘ng‘iroq sadolari ostida amalga oshirildi. Aynan shu daqiqada 1945 yil 6 avgustda Amerika bombardimonchi samolyoti Enola Gay Xirosimaga yadroviy bomba tashlagan.
«Butun dunyo yetakchilari hozirda ayrim siyosatchilar tomonidan aytilayotgan yadroviy tahdidlar yadroviy tiyib turish teoriyasi noto‘g‘ri ekanidan darak beradi, - deya ma’lum qildi Xirosima meri Kadzumi Matsui tantanali marosimdagi nutqida - Ular bizni hozirgi xavfli holatdan ideal dunyoga olib borish uchun darhol aniq qadamlarni qo‘yishi lozim».
Tadbirda ham ishtirok etgan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida o‘z nutqida shunday dedi: «Xalqaro bo‘linishlarning chuqurlashishi va Rossiyadan kelayotgan yadro tahdidlari tufayli yadroviy qurolsizlanish yo‘li yanada xavfli bo‘lib qoldi. Yadro qurolisiz dunyo sari intilishda xalqaro hamjamiyatga yangi turtki berish o‘ta muhimdir».
Xirosima 1945 yil 6 avgustda AQSh tomonidan bombardimon qilingan. Nagasaki bilan birgalikda ular yadro qurolidan jangovar foydalanilgan yagona joylarga aylandi. Hujum oqibatida Xirosimada 70 000 dan 100 000 gacha va Nagasakida 70 000 kishi halok bo‘ldi. Nurlanish kasalligidan vafot etganlar bilan birga halok bo‘lganlar soni yarim milliondan oshadi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026