Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada silos minorasidagi portlash oqibatida 12 kishi jarohat oldi
Anadolu xabariga ko‘ra, portlash Turkiya g‘arbidagi Derinjye porti yaqinida don olib kelgan kemadan yuk tushirayotganda silos minorasida sodir bo‘lgan. 12 kishi jarohatlangan.
Turkiya g‘arbidagi Derinjye porti yaqinida don olib kelgan kemadan yuk tushirayotganda silos minorasida portlash sodir bo‘lib, 12 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda 7 avgust, dushanba kuni Kojaeli shahar hokimi Tohir Buyukakin ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Anadolu agentligi keltirmoqda.
Unga ko‘ra, 13 ta silos va boshqa xo‘jalik inshootlari shikastlangan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hududga shifokorlar, qidiruv-qutqaruv va o‘t o‘chirish xizmatlaridan iborat guruhlar jo‘natildi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videotasvirlarda portlashdan keyin zich tutun buluti paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Kojaeli gubernatori Seddar Yavuzning so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari o‘rganiladi.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, portlash bug‘doyni kemadan silosga o‘tkazish vaqtida changlarning siqilishi natijasida sodir bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qildi u. «Bizga bu «texnik jihatdan mumkin» deb aytishdi, ammo barcha ehtimoliy sabablarni ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi Yavuz.
Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Derinjye porti yaqinidagi kemalarga zarar yetmagan.