O‘zbekiston | 12:50 / 10.08.2023
19925
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida bo‘ladi 

Tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida ilg‘or sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid