Mask va Tsukerberg o‘rtasidagi «jang» Rim Kolizeyida o‘tkazilishi mumkin
Mask bellashuv uchun Italiya bosh vaziridan shaxsan ruxsat olganini aytdi.
Amerikalik milliarder Ilon Mask Italiya rasmiylari bilan Meta korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerbergga qarshi rejalashtirilgan mushtlashuv joyi borasida kelishib olganini aytdi.
«Italiya bosh vaziri va Madaniyat vaziri bilan gaplashdim. Ular tarixiy joy haqida kelishib oldilar. Kadrlarda Qadimgi Rim manzaralari bo‘ladi, zamonaviy joylar emas», dedi u.
Bundan tashqari, Mask alohida xabarda «Gladiator» so‘zini yozdi va bu bilan bellashuv Italiya poytaxtining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan qadimgi Kolizey xarobalari maydonida o‘tkazilishi haqidagi mish-mishlarni bilvosita tasdiqladi.
Mask so‘zlariga ko‘ra, bellashuv ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar – X, Facebook va Instagram orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Iyul oyida, Facebook va Instagram platformalariga egalik qiluvchi Meta korporatsiyasi asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg Threads nomli yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi. U o‘tgan yili Ilon Mask tomonidan sotib olingan Twitter uchun raqobatchi bo‘lishi kerak edi.
Mask Tsukerbergning biznes strategiyasini masxara qildi va o‘z obunachilaridan biriga Tsukerberg bilan «qafasda» jang qilishga tayyorligini hazilomuz tarzda yozdi. Ammo Tsukerberg chaqiruvni jiddiy qabul qilgan ko‘rinadi, darhol «Menga jang o‘tkaziladigan joyni yozib yubor», degan qisqa xabarni jo‘natdi.
Shundan so‘ng, ikkala milliarder ham jangga faol tayyorgarlik ko‘rishni boshladilar va bir vaqtning o‘zida duel joyini kelishib olishga harakat qilishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jang 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
22:55 / 11.12.2024
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
17:25 / 03.12.2024