Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi o‘z smartfonlariga Telegram o‘rnatishni taqiqladi
Xitoy «proshivkasi»ga ega Xiaomi smartfonlaridan foydalanuvchilar bu muammoga duch kelishi mumkin.
Xiaomi smartfonlariga o‘rnatilgan ichki antivirus MIUI tizimiga ega qurilmalarga Telegram messenjerini o‘rnatishni taqiqlay boshladi va dasturni «xavfli» deb belgiladi.
Bleeping Computer xabariga ko‘ra, bu 2022 yilda MIUI tizimiga joriy qilingan xavfsizlik funksiyalari bilan bog‘liq. Uning vazifasi qurilmalarda zararli dasturlarni belgilab olish va ishga tushirishni taqiqlashdir.
Biroq, bu xususiyat foydalanuvchilar orasida tanqid qilinmoqda. Chunki kompaniya o‘zi uchun nomaqbul ilovalarni senzura qilish uchun potensial vositaga ega bo‘ldi. Va endi bu Telegram bilan sodir bo‘lmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, Telegram ilovasining taqiqlanishi Xitoy rasmiylarining xabar almashish uchun xorijiy ilovalarga kirishni cheklash va raqamli makon ustidan nazoratni kuchaytirish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Facebook, Twitter va YouTube kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlar ham yillar davomida rasmiylar tomonidan nishonga olingan va shu sababli Xitoyda ularning muqobil variantlari keng tarqalgan.
Taqiqlash global «proshivka»ga ega MIUI smartfonlariga ta’sir qilmasa-da, Xitoy «proshivka»larida ishlaydigan smartfonlarga qanday ta’sir qilishi hozircha aniq emas. Lekin, AliExpress orqali sotib olinadigan va Xitoy «proshivka»siga ega Xiaomi smartfonlari egalarining muammoga duch kelish ehtimoli bor.
Mavzuga oid
17:57 / 17.06.2026
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026