Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI-92 benzini sezilarli darajada qimmatlashdi
«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzinining narxi 8600 so‘mdan 9200 so‘mga oshirildi. Bu mart oyidan buyon amal qilib kelgan chegirma bekor qilingani bilan izohlanmoqda.
«O‘zbekneftgaz»ning UNG Petro AYoQShlarida AI-92 markali benzin narxi 8600 so‘mdan 9200 so‘mga ko‘tarildi.
Kompaniya axborot xizmatining Kun.uz’ga izoh berishicha, bu mart oyidan buyon amal qilib kelgan chegirma muddatining tugashi bilan bog‘liq.
Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan chegirma 1 maygacha davom etishi belgilangan, lekin keyin uni bekor qilish noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
O‘shanda Energetika vazirligi chegirma muddatini uzaytirib, may oyi ichida narx 7500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Lekin amalda bunday bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, AI-92 benzini vaqtincha aksiyadan oldin 9000 so‘mdan yuqori narxda sotilayotgandi.
Mavzuga oid
13:34 / 21.06.2026
Qrimda benzin sotish to‘xtatildi
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:04 / 03.04.2026