Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube ishonchsiz ma’lumot bo‘lgan tibbiy videolarni o‘chiradi
Endilikda ichida ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lgan tibbiyot mavzusidagi videolar YouTube'dan avtomatik tarzda o‘chiriladi. Bu haqda kompaniya blogida e’lon qilindi.
Bayonotda aytilishicha, ichida milliy va xalqaro talablarga zid ma’lumotlar bo‘lgan tibbiy videolar o‘chiriladi. Asosiy e’tibor onkologik mavzudagi videolarga qaratiladi.
YouTube bayonotida tibbiyot rivojlanib borayotgani e’tirof etilgan holda yaxshi o‘rganilgan mavzularda umumiy ilmiy konsensus mavjudligi, videolarni tekshirishda aynan mana shu omilga e’tibor berilishi aytilgan. «Toki bizning platformada chiqayotgan videolar odamlarga zarar bermasin», deyiladi xabarda.
Qanday videolar o‘chirib yuborilishi mumkin ekaniga bir nechta misol ham keltirilgan. Masalan, nimanidir ozonoterapiya, kerosin, kolloidli kumush kabi odam tanasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan davolash mumkinligini aytib bo‘lmaydi. Shuningdek, videolarda kovid umuman mavjud emasligi, vaksina inson tanasiga zarar yetkazishi va emlash insonlarni chiplash uchun amalga oshirilmoqda, deb aytish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
20:35 / 30.01.2026