Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Rossiyaning 39 mlrd dollar puli «osilib» qoldi
Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin targ‘ib qilib kelgan, iqtisodyotni dollarlashuvdan xalos etish siyosatining oqibatlari, deyishmoqda ekspertlar.
Hind rupiyasi. Foto: reuters.com
Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Rossiya energiya resurslariga boykot e’lon qilingach, Hindiston Rossiya neftining asosiy xaridorlaridan biriga aylangan edi. Biroq hisob-kitoblarda muammo yuzaga chiqqan: hindlar neft uchun to‘laydigan pulni olishning imkoni bo‘lmayapti.
Neft uchun to‘lovlar hind rupiyasida amalga oshirilgan, biroq bu pullarni mahalliy qonunchilikdagi cheklovlar tufayli xorijga olib chiqish mumkin emas.
To‘planib qolgan rupiyalar evaziga Hindistondan choy, arzon tabletkalardan boshqa arzirli mahsulotni xarid qilish ham imkonsiz. Natijada Hindiston banklaridagi Rossiya kompaniyalari hisobvaraqlarida 39 mlrd dollarga teng rupiyalar to‘planib qolgan, ruslar ularni qanday tasarruf etishni bilmay hayron, deb yozadi Reuters.
Rossiyaga bu pullar urush xarajatlari uchun juda zarur. Vladimir Putin esa esa yillar davomida iqtisodiyotni dollarlashuvdan xalos etib, hamkor davlatlar bilan o‘zaro milliy valutada hisob-kitob qilish g‘oyasini ilgari surib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025