Jahon | 16:53 / 18.08.2023
17106
4 daqiqa o‘qiladi
Mariupoldagi ishchilar va Baxmut atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 540-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 2025 yil yoziga qadar Rossiya Shahed tipidagi 6 mingta kamikadze dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar bergan The Washington Post.
- Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 15 noyabrga qadar uzaytirildi.
- Ukraina milliy gvardiyasi «Azov» polk qayta tiklangani va frontga qaytgani haqida xabar berdi.
- FT ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina aviabazalari, uchish-qo‘nish yo‘laklari va uchuvchilarni tayyorlash markazlari bo‘ylab zarbalar intensivligini oshirgan.
- RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, 17 avgust kuni kechqurun ukrainlarning dengiz droni Qora dengiz floti kemasiga hujum qilishga uringan, ammo nishonga yetib kela olmagan va yo‘q qilingan.
- Putinning Rossiya Markaziy banki rahbariyati bilan shoshilinch ravishda o‘tkazilgan majlisda rubl kursini qo‘llab-quvvatlash maqsadida biznes uchun valuta nazoratini hozircha kuchaytirmaslikka qaror qilindi.
Kun kadri. Xarkiv oblastidagi vayrongarchilik
Rossiya qo‘shinlari Xarkiv oblasti hududlariga havodan muntazam ravishda zarbalar yo‘llab kelmoqda. Xususan, 17 avgust tongida RF armiyasi Kupyansk rayonidagi Zaoskole oraliq temiryo‘l stansiyasini o‘qqa tutdi — oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lumotiga ko‘ra, bir ayol halok bo‘lgan, yana bir ayol jarohat olgan.
Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Reabilitatsiya markazidagi ukrain askarlari
Okkupatsiya ostidagi Mariupol hayoti
Mavzuga oid
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024