18:24 / 19.08.2023
17655

Chirchiqda Harbiy havo kuchlari aviashousi o‘tkazildi – fotoreportaj

19 avgust kuni “Chirchiq” poligonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni munosabati bilan ko‘rgazmali aviashou tashkil qilindi. Kun.uz muxbiri shou-tadbirning esda qolarli lahzalarini kamera obektiviga muhrladi.

Toshkent viloyatida joylashgan poligonda bo‘lib o‘tgan aviaparvozlar davomida harbiylar jangovar va harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Su-25 qiruvchi samolyotlari uchligi samoda O‘zbekiston bayrog‘ini aks ettirdi.

C-295 harbiy-transport samolyotining parvozi.

Shuningdek, H tipidagi hamda MI-24 vertolyotlarning guruh parvozlari taqdim etildi.

MI-171 jangovar vertolyotidan desantchilar parashyut bilan ko‘rgazmali sakrashlarni amalga oshirdi.

Aviashouda qatnashgan mudofaa vaziri o‘rinbosari, HHMQ va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Ahmad Burhonov ham harbiy vertolyotda murakkab aviachiqishlar ko‘rsatdi.

Shuningdek, tadbirda qo‘l jangi ustalarining chiqishlari, itlar bilan mashg‘ulotlar hamda quruqlikdagi harbiy texnikalar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.

Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan shouga barcha qiziquvchilar, harbiylarning yaqinlari va OAV vakillari tashrif buyurdi.

Rasmlar muallifi: Farrux Absattarov

Top