Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomaktablarni litsenziyalash pasporti tasdiqlandi
Lisenziya IIB tomonidan yuridik shaxsga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:
- litsenziya yuridik shaxsga beriladi;
- litsenziyalovchi organ – IIV;
- arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori – BHM 2 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari;
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- yong‘in va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining xulosasi;
- pedagogik kadrlar haqida ma’lumot;
- o‘quv reja va dasturlarining elektron nusxalari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 2023 yil 19 noyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:41 / 14.09.2025