Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar uchun qilingan o‘zgarishlar raqamlarda
2017-2022 yillarda soliq turlari 16 tadan 9 taga kamaytirildi. Tekshiruvlari turi 13 tadan 3 taga qisqartirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga, ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi. Shuningdek, 3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji bekor qilindi.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlar muhiti yaxshilandi, soha istiqboliga xalal berayotgan bir qancha turdagi byurokratik to‘siqlar olib tashlandi, soliq stavkalari pasaytirildi. Xususan, tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi.
2017-2022 yildagi tadbirkorlik sohasida olib borilgan islohotlar:
- 33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy etildi
- soliq turlari 16 tadan 9 taga kamaytirildi;
- soliq tekshiruvlari turi 13 tadan 3 taga qisqartirildi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga kamaytirildi;
- ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi;
- 3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji va 1,1 ming turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi;
- 3 mingdan ziyod turdagi tovarlar uchun import bojxona bojlari keskin kamaytirildi.
Tadbirkorlik sub’yektlari soni 2017 yilda 283 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 627 mingtaga yetgan.