Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash;
- fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining buzilgan yoki nizodagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish;
- davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish;
- ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
- fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;
- davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish;
- ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.










