Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsmanga tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha ma'muriy ishlarni ko‘rish vakolati beriladi – loyiha
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga qaramay, o‘zboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan ko‘chmas mol-mulkka aralashuv holatlari davom etmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu kabi holatlarning oldini olish va prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifi asosida «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra, xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq mazkur muammoli vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish, jumladan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarini ko‘rib chiqish vakolati berilishi nazarda tutilgan.
«Deputatlar qonun tashabbuskorlaridan loyihada nazarda tutilayotgan bir qator normalar va noaniqliklar yuzasidan tushuntirishlarni talab qildi. Muhokamalar natijasida berilgan savollar yuzasidan tegishli javoblar olinib, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi», – deyiladi parlament quyi palatasi axborotida.
Bundan tashqari, O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishida deputatlar ko‘rib chiqqan «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi asosida ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib maqbullashtirish maqsadida 5 ta moddaning sanksiyasi miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan.
Jumladan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs tomonidan avtotransport vositasini boshqarganlik uchun belgilanadigan jarima miqdori ikki baravarga (135-1-moddaning birinchi qismi), transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda.
Fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanib, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda.
Mavzuga oid
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:02 / 21.09.2025
Tadbirkor tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi – Biznes-ombudsman
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
16:11 / 30.01.2025