Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti Shusha shahrida bo‘ldi
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi hamrohligida Shusha shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shusha “Qorabog‘ durdonasi”, “Kavkaz san’ati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan ma’lum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va san’at arboblari vatanidir.
2021 yildan buyon Shusha Ozarboyjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023 yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

Joriy yilda Xiva shahri va Shusha shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi.
Oliy martabali mehmonlar shahar bilan tanishuvni 1883 yilda barpo etilgan Soatli masjididan boshladilar.

So‘ng Ozarboyjon umummilliy yetakchisining yuz yillik yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Haydar Aliyev va Qorabog‘” fotoko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Shushaning bosh maydoniga tashrif buyurildi. Bu yerda Ozarboyjon madaniyatining atoqli arboblari – Xurshidabonu Notavon, Bulbul, Uzeyir Xojibeyli byustlari o‘rnatilgan.


O‘zbekiston tomoni katta qiziqish bilan shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlab kelgan “Xon qizi” bulog‘i, Ozarboyjonning taniqli san’at arbobi Bulbulning uy-muzeyi, “Mehmondorovlar uyi” me’moriy yodgorligi hamda o‘tmishda otchoparlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilgan mashhur Jidir tekisligi bilan tanishdilar.
Shu bilan Prezidentimizning Ozarboyjonga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
09:03 / 02.12.2025
Ozarboyjonda muxolifat yetakchisi Ali Kerimli hibsga olindi
09:19 / 25.11.2025