Jahon | 09:56 / 24.08.2023
9120
2 daqiqa o‘qiladi

Qatarning sobiq valiahd shahzodasi «Manchester Yunayted» xo‘jayini bo‘ladi

Shayx Jasim «Manchester Yunayted» uchun bo‘lgan kurashda g‘alaba qozondi va klubni 6 milliard funt sterlingga sotib olish jarayonini oktabr oyi o‘rtalariga qadar yakunlashni maqsad qilgan.

Foto: AB

Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubining yangi xo‘jayini Qatarning sobiq valiahd shahzodasi Shayx Jasim bin Hamad Ol Soniy bo‘ldi.

Shayx Jasim «Manchester Yunayted» uchun kurashda g‘alaba qozondi va oktabr oyi o‘rtalariga qadar klubni 6 milliard funt sterlingga sotib olish jarayonini yakunlamoqchi, deb xabar berdi The Sun.

Qatar qirolligi oilasi vakili britaniyalik milliarder Jim Retkliffni ortda qoldirdi. O‘z navbatida u, klubning hozirgi egalari, Gleyzerlar oilasiga aksiyalar ulushini saqlab qolishga ruxsat berishga tayyor edi.

Gleyzerlar «Manchester Yunayted» klubidagi ulushini saqlab qolish va klub aksiyalariga egalik qilishda davom etish niyatida edi, biroq biznesmenlar bu ishqibozlarning keskin noroziligiga sabab bo‘lishidan ogohlantirildi.

Gleyzerlar oilasi 2005 yilda «Manchester Yunayted»ni 800 million funt sterlingga sotib olgan.

«Manchester Yunayted» Angliyaning dunyoda eng mashhur klublaridan biri, mahalliy va xalqaro maydonlarda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Unga 1878 yilda asos solingan. Klub Angliyaning 20 karra chempioni hisoblanadi (so‘nggi marta 2013 yilda).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid