Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
Jarayon 16 sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Foto: Kun.uz
27 avgustdan «Tashabbusli budjet»ning 2023 yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.
Bu mavsumda respublika bo‘ylab 9426 ta mahalladagi infratuzilma yaxshilanishi uchun jami 49 464 ta taklif kelib tushgan, ulardan 33 631 tasi ovozga qo‘yilgan.
Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ovoz berish jarayoni 16 sentabrga qadar davom etadi.
«Ochiq budjet» portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:
- Openbudget.uz saytiga kiriladi;
- «Tashabbusli budjet» bo‘limi tanlanadi;
- «Ovoz berish» tugmasi bosiladi;
- Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
- «SMS orqali» tugmasi tanlanadi;
- Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
- «SMS kodni yuborish» tugmasi bosiladi;
- Mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana «SMS kodni yuborish» tugmasi bosiladi.
Jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan «Tashabbusli budjet» loyihasining ikkinchi mavsumi 17 iyuldan boshlangandi.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026