O‘zbekiston | 16:59 / 27.08.2023
23660
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ichimlik suvini rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi

Toshkentning barcha tumanlarida 11 sentabr-13 oktyabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi.

Toshkent shahrining qator hududlarida sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chiriladi.

2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida  rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar suv ta’minoti shu munosabat bilan ichimlik suvi bosimi pasaytiriladigan va vaqtincha to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxatini e’lon qildi:

Ta’mirlash ishlari 11 sentabrdan boshlanib 13 oktyabrgacha davom etadi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid