Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya prezidenti Ukrainani muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqirdi
Katalin Novak Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukraina prezidentiga muzokaralar zarurligini ta’kidladi. Budapesht barqaror tinchlik o‘rnatishga qodir bo‘lgan harbiy yechimni ko‘rmayapti.
Foto: Global Look Press
Rossiya qo‘shinlarining harbiy harakatidan o‘zini himoya qilayotgan Ukraina Moskva bilan muzokaralarda ishtirok etishi kerak. Vengriya prezidenti Katalin Novak 28 avgust, dushanba kuni chop etilgan Index nashriga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi. «Urush bir yarim yildan beri davom etmoqda, men barqaror va uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan hech qanday harbiy yechimni ko‘rmayapman. Shuning uchun muzokaralar stoliga o‘tirish kerak. Men buni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ham ochiq, ham shaxsan bildirdim», — dedi Vengriya davlati rahbari.
Shu bilan birga, Budapesht Kiyev tashabbusi bilan boshlangan «tinchlik formulasi»ga qo‘shilish niyatida, deya qo‘shimcha qildi Novak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya tinchlikni yaqinlashtiradigan har qanday jarayonda ishtirok etishni muhim deb biladi. Vengriya Rossiya harbiy harakatlarini keskin qoralaydi, dedi davlat rahbari.
23 avgust kuni Vengriya prezidenti Ukrainadagi Qrim platformasi forumida ishtirok etdi, shuningdek, ukrainalik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Rasmiy Kiyevga ko‘ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar, transchegaraviy hamkorlik va Karpatorti mintaqasidagi qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilgan.
Mavzuga oid
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
15:20 / 09.01.2026