Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarini kengaytiradi
TIVda Buyuk Britaniya elchisi bilan o‘zaro ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Shaxavdinovning Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlar muhokama qilindi.
O‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar turli sohalarda, xususan, mehnat migratsiyasi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, xavfsizlik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish majburiyatini tasdiqladilar.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
12:17 / 30.06.2026