Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
So‘nggi haftada O‘zbekistonda mintaqa uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan nam havo kirib keldi.
Foto: Kun.uz
Bugun, bayram kunlari arafasida, butun respublika bo‘yicha ertalab yomg‘ir to‘xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va 1-3 sentabr, bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi +25...+30 daraja bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin kuzatiladi, harorat +14...+17 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda 31 avgust, 1-2 sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, 3 sentabrda bulutlilik biroz kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +26...+29 daraja, kechasi +15...+17 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026