Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google yangi dudl yaratib, o‘zbekistonliklarni bayram bilan tabrikladi
Google qidiruv tizimi o‘z logotipini O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan dudl bilan vaqtincha o‘zgartirdi.
1 sentabr kuni Google qidiruv tizimining bosh sahifasida hilpirab turgan O‘zbekiston bayrog‘i aks etgan.
Google vaqti-vaqti bilan bayramlar, xalqaro ahamiyatga ega xos sanalar, taniqli shaxslarning tavallud kunlari munosabati bilan o‘z logosiga o‘zgartirish kiritib turadi.
Dudl atalmish ushbu harakatlanuvchi o‘ziga xos otkritkalar kun bo‘yi tizimning bosh sahifasida "osig‘liq" turadi.
Ingliz tilidagi doodle so‘zi “qing‘ir-qiyshiq yozuv” degan ma’noni anglatadi. 1998 yilda eng birinchi dudl “Yonayotgan odam” festivali sharafiga o‘ylab topilgan. U Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan foydalanuvchilarni agarda qidiruv serveri ishlamasa va telefon javob bermasa, o‘z joylarida yo‘q ekanliklaridan xabardor qilish uchun ishlab chiqilgan - ya’ni, hamma festivalga ketgan va hech kim texnik yordamni ko‘rsata olmaydi.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
15:58 / 30.01.2026