Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayapti
O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan Eron elchisi Tashqi ishlar vazirligida xayrlashdi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisi Hamid Nayrobodiyni qabul qildi.
«O‘zbekistonda to‘rt yillik faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisi Hamid Nayrobodiy janoblari bilan uchrashdik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida.
Baxtiyor Saidov elchining ikki mamlakat munosabatlarini har tomonlama faollashtirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Hamid Nayrobodiy 2019 yildan Eronning Toshkentdagi Elchixonasini boshqarib kelmoqda. U elchi Bahman Ogoraziy Durmaniyni o‘rniga tayinlangan.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026