Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston poytaxti Dehlida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi
Haykal Hindiston tomoniga O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.
Hindiston poytaxtida joylashgan Jamiya Milliya Islamiya (Jamia Millia Islamia - JMI) universiteti hududida mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahadov va universitet rektori, professor Najma Axtar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda professor Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy merosiga yuqori baho berib, uning «Kitob ul-hind» asari Hindiston haqida yozilgan ilk noyob ilmiy asarlardan biri ekanini ta’kidladi.
Abu Rayhon Beruniy haykalini oliy bilim yurtining huquqshunoslik, xorijiy tillar departamenti, dizayn va innovatsiya departamenti, arab-hind madaniyat markazi va boshqa bo‘linmalari tutashgan gavjum maydonchada o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Haykal universitetga O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.
Avgust oyi oxirida davlat rahbarining «Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNeSKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 4-8 sentabr kunlari Parij shahrida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash doirasida xalqaro ko‘rgazma hamda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:39 / 25.02.2026
Dehlidagi universitetda o‘zbek tili bo‘yicha 4 yillik bakalavriat ochiladi
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
11:11 / 25.07.2025