Toşkent şahri Şayxontohur tumanida quriliş-montaj işlari olib borilişi sababli Kiçik halqa avtomobil yölining bir qismi barça transport vositalari harakati uçun yopiladi. 

Beşqayrağoç köçasi kesişmasidan Beruniy köçasi kesişmasigaça bölgan bir tomonlama yönaliş qismida 25 iyul soat 15:00 dan 28 iyul soat 06:00 gaça transportlar harakati çeklanadi. 

Şu munosabat bilan ayrim avtobus yönalişlari muqobil köçalar orqali vaqtinça özgartirilgan tartibda harakatlanadi:

34-sonli avtobus Çilonzor metro bekati - Şifokorlar şaharçasi yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon - Beruniy köçalari orqali harakatlanadi.

64-sonli avtobus Birlik mavzesi - Paxtakor metro bekati yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon köçalari orqali harakatlanadi.

87-sonli avtobus Çilonzor 30-daha - Qora Qamiş 2/4 mavzesi yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon - Beruniy köçalari orqali harakatlanadi.

116-sonli avtobus Çilonzor buyum bozori - Şifokorlar şaharçasi yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon - Beruniy köçalari orqali harakatlanadi.

131-sonli avtobus Döstlik-2 mavzesi - Olimpiya mehmonxonasi yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon - Beruniy köçalari orqali harakatlanadi.

147-sonli avtobus Çinni bozori - Çorsu savdo markazi yönalişida Kökça darvoza - Nurafşon - Beruniy köçalari orqali harakatlanadi.

Avtobuslarning qaytiş yönalişlari özgarişsiz qoldi.