13:30 / 03.09.2023
23576

Kramatorsk o‘qqa tutilishi va Donbassdagi rus tankchilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 556-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina hamon Rossiyada ishlashda davom etayotgan PepsiCo va Mars’ni «urush homiylari» deb e’lon qildi.
  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak Rossiya hududlari bo‘ylab dronlar hujumlari soni ortib borishini ma’lum qildi: «Bu urushning harbiy harakatlar bosqichma-bosqich Rossiya Federatsiyasi hududiga ko‘chadigan bosqichi».
  • Ukraina o‘z qarshi hujumida muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, balki oldinga yurishda davom etmoqda, dedi CNN uchun intervyusida mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba. Juma kuni Oq uy Ukraina so‘nggi kunlarda mamlakat janubidagi yurishida sezilarli natijalarga erishgani haqida xabar bergandi.
  • 2 sentabrga o‘tar kechasi ukrain dengiz dronlari Qrim ko‘prigiga hujum qilish uchun uch bor urinishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda RF mudofaa vazirligi.
  • Reuters agentligi aniqlashicha, AQSh keyingi haftada Kiyevga uran bilan boyitilgan zirh teshuvchi snaryadlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
  • NATO mamlakatlari mashg‘ulotlar vaqtida ilk bor Rossiyaning Boltiq dengizi tomondan qilinadigan hujumini qaytarish bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati biznesmen Igor Kolomoyskiyni firibgarlik va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni legallashtirish ishida gumonladi, sud uni ikki oy muddatga hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi.

Kramatorsk o‘qqa tutilishi

2 sentabr kuni kunduzi Kramatorsk raketa zarbasiga yo‘liqdi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, zarba vaqtida to‘rtta uy, mahalliy qabristondagi 20 qabr va yo‘l qoplamasi shikastlangan. Raketalardan biri turar joy binosining birinchi qavatidagi kvartiraga tushgan, ammo portlamagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.

Kramatorskda ko‘p kvartirali uy yonidagi yo‘l qoplamasiga qadalib qolgan raketa
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Shahardagi qabriston raketa zarbasiga uchrashi oqibatida hosil bo‘lgan o‘rani kuzatayotgan kishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari 

Ukrainalik harbiylar Donetsk oblasti Baxmut shahri yaqinidagi front chizig‘iga o‘q-dori eltmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchisi transheyani mustahkamlamoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Boshpanadagi ukrain harbiylari
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchisi rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini minomyotdan o‘qqa tutmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK o‘ziyurar artilleriya qurilmasi rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga zarba yo‘llamoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida, Baxmutga olib boruvchi yo‘llar kesishmasida joylashgan Seversk shahrida uylar ustida ko‘tarilgan tutun. Rossiya armiyasi urush boshidan buyon Severskni muntazam ravishda o‘qqa tutib keladi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Yevgeniy Prigojin samolyoti halokatga uchragan joyda o‘rnatilgan «Vagner» XHK bayrog‘i

Yevgeniy Prigojin va Dmitriy Utkin bo‘lgan samolyot halokatga uchragan joyda, Tver oblastining Kujyenkino posyolkasi atrofida noma’lum shaxslar «Vagner» XHK bayrog‘ini o‘rnatishdi. Uni daraxt shoxiga ilib qo‘yishgan. Uning yonida toshlardan piramidani eslatuvchi yodgorlik o‘rnatib, gullar qo‘yishgan.
Reuters / Scanpix / LETA

Mariupoldagi drama teatri «tiklanishi»

Okkupatsiya ostidagi Mariupoldagi dramatik teatrda «tiklash» ishlari olib borilmoqda — bu teatr keng ko‘lamli urush ramzlaridan biriga aylangan. 2022 yil martida Rossiya qo‘shini binoga bomba tashlagan, bu vaqtda u yerda odamlar yashiringandi (RF hukumati bu zarba uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan). O‘tgan yil oxirida rossiyaliklar binoni buzib tashlashga kirishdi. Okkupatsiya hukumati drama teatrni 2024 yil oxiriga qadar «tiklash»ni mo‘ljallagan.

Donetsk oblasti shimolidagi rossiyalik tankchilar 

Rossiyaning T-90M tanki Donbasdagi Krasnoliman yo‘nalishida
T-90M tanki ekipaji

T-90M tanki jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top