Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Minskda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
5 sentabr kuni Minskda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Lukashenko joriy yil oxiri yoki 2024 yil boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati
Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Lukashenko o‘zining Toshkentga tashrifi Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligida amalga oshirilganini urg‘ulagan.
“Belarus munosabatlarni rivojlantirishga va har qanday texnologiyani baham ko‘rishga tayyor. Biz sizni doim qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki sizning tinchliksevarlik, qo‘shnilar va boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlar yo‘lingiz bizning ham yo‘nalishimizdir”, – degan u.
Lukashenko Belarusning ShHTga a’zo bo‘lishi masalasida ko‘rsatilayotgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan.
U, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni O‘zbekistonga taklif qilganini aytgan: “Yaqin kunlarda qochib, sizning tog‘laringizga tashrif buyurishga harakat qilaman”. Tanzila Norboyeva O‘zbekiston prezidentining salomi va mamlakatga tashrif buyurish uchun taklifini yetkazgan.
Belarus prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Lukashenko joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
17:44 / 04.02.2026