O‘zbekiston | 09:10 / 05.09.2023
10502
1 daqiqa o‘qiladi

Termiz shahrida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi 

Shaharda yashovchi aholidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qo‘yish so‘ralgan.

Termiz shahridagi oqova suv tarmog‘ida yuzaga kelgan yirik avariyani bartaraf etish ishlari olib boriladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar qildi.

Shu munosabat bilan, 2023 yilning 5, 6 va 7 sentabr kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Termiz shahridagi barcha mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Termiz shahrida yashovchi aholidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qo‘yish so‘ralgan.

Ta’mirlash davrida aholiga maxsus suv tashuvchi texnikalar yordamida suv yetkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid