Jahon | 10:26 / 06.09.2023
4505
2 daqiqa o‘qiladi

Bryussel: YeI diplomati 500 kundan beri Eron qamoqxonasida saqlanmoqda

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalar Shvetsiya xizmatining xodimi Yoxan Floderus Eronda «noqonuniy» hibsga olingan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalar Shvetsiya xizmatining xodimi Yoxan Floderus Eronda 500 kundan ortiq hibsda saqlanmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining (YeI) xalqaro munosabatlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. 

Yevropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Floderus Eronda «noqonuniy» ravishda qo‘lga olingan. 

«Men, butun jamoam va Yevropa Ittifoqi institutlari Shvetsiyaning konsullik himoyasi bo‘yicha mas’ul organlari, shuningdek, uning oilasi bilan yaqin aloqada bo‘lib turibmiz», — dedi Borrel. 

Yevropa diplomatiyasi rahbarining ta’kidlashicha, Bryussel Floderusning ozod etilishi uchun Eron hukumatiga bosim o‘tkazmoqda. 

«Biz bu masalani Eron bilan barcha darajadagi diplomatik aloqalarda muhokama qilish uchun ko‘taramiz», - dedi Borrel. 

Avvalroq New York Times 33 yoshli shved Yoxan Floderus 2022 yil aprel oyida sayyoh sifatida borgan Eronda hibsga olingani haqida yozgan edi. 

Mavzuga oid