Frontni aylangan Zelenskiy va qo‘llarini yo‘qotgan askar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 559-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Ukrain nashrlari va telegram-kanallarda RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 200 ming kishini safarbar qilish to‘g‘risidagi «buyrug‘i» tarqaldi. Regional rasmiylar uni feyk deb atashdi. Davlat dumasidagilar hozirda safarbarlikka hojat yo‘qligini aytishdi.
Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik oligarx Mixail Fridmanni «Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini moliyalashtirish»da gumonladi.
Erdo‘g‘an Sochida 4 sentabr kuni Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirib, «istiqbolda Ukrainada tinchlikka erishish imkoniyatlari ko‘rinmayotgani»ni aytdi.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AFP jurnalistiga undan general Sergey Surovikin haqida so‘rashdan ma’no yo‘qligini bildirdi, biroz avvalroq The New York Times manbalari u ozod etilganini tasdiqlagandi.
Kuba hukumati odamlar savdosi bo‘yicha tarmoqni fosh etdi. Uning ishtirokchilari RFda yashovchi kubaliklarni Ukrainadagi urushga yollash bilan ham shug‘ullangan.
Kaluga, Tver va Moskva oblastlarida dronlar urib tushirildi. Moskva yaqinida «xo‘jalik obekti» shikastlangan.
Baxmut yaqinida zarbalar ostida jang qilayotgan ukrain harbiylari
Zelenskiyning Donetsk oblastiga tashrifi
Zaporijjya oblastidagi ukrain minomyotchilari
Ko‘zi va qo‘llarini yo‘qotgan ukrainalik jangchi
Rossiya okkupatsiyasidan ozod etilgan qishloqdagi uyiga qaytgan ukrainalik ayol