Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasini Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
16–20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi sessiyasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qiladi.
Tadbir 160 ga yaqin davlatdan turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi davlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va turistik biznes vakillarini birlashtiradi.
O‘zbekiston 2023-2027 yillar uchun UNWTO Ijro kengashining Vakolatlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijro kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda a’zo davlatlar ishtirokining haqqoniyligi va tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati O‘zbekistonga topshirilganini bildiradi.
Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi doirasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari yalpi sessiyalar va boshqa qator keng miqyosli anjumanlarda muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning boy madaniy merosi va tabiiy resurslarini saqlab qolgan holda, mamlkatimizning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadigan investitsiyalarni jalb qilish ko‘zlanmoqda.
Bundan tashqari, tadbir doirasida UNWTO tomonidan yilning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari (Best Tourism Villages) e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
08:45 / 09.06.2026