O‘zbekiston | 18:29 / 06.09.2023
48861
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bedarak yo‘qolgan erkak jasadi boshiga paket o‘ralgan holda topildi

Prokuratura qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi o‘z mashinasida, boshiga paket o‘ralgan holda topildi.

1996 yilda tug‘ilgan B.A. 31 avgust kuni kechqurun yashash manzilidan o‘z avtomobilida chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan edi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida avtomobil Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasidagi futbol sport maydoni hududida joylashgan avtoturargohda ekani aniqlangan. Uning ichidan erkakning murdasi boshiga polietilen paket o‘ralgan holda topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid