Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 sentabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
«O‘zgidromet» 8 sentabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +30...+32 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026
Haqiqiy qish havosi – yanvar oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
12:10 / 19.01.2026
Hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
15:04 / 16.01.2026