Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols va Zelenskiy «Atlantika kengashi» mukofoti bilan taqdirlanadi
Germaniya kansleri AQShga tashrifi davomida BMTdagi debatlarda ham qatnashadi, BMT Bosh Assambleyasi oldida nutq so‘zlaydi va jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Germaniya kansleri Olaf Shols BMTning umumsiyosiy muhokamalarida ishtirok etish uchun shu oy Nyu-Yorkka boradi, dedi 8 sentabr, juma kuni kansler matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt.
17-20 sentabr kunlari AQShga tashrifi chog‘ida Shols BMT Bosh Assambleyasida ham nutq so‘zlaydi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida va iqlim bo‘yicha sammitda ishtirok etadi, dedi Xebeshtrayt.
Nyu-Yorkka tashrifi davomida Shols, shuningdek, «Atlantika kengashi» nohukumat tashkiloti tomonidan BMTning umumiy debatlari davomida har yili topshiriladigan nufuzli Global Citizen Award mukofotini oladi. Bu yilgi g‘oliblar orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida, AQSh moliya vaziri Janet Yyellen va First Eastern Investment Group rahbari Viktor Chu ham bor, deb yozadi dpa agentligi.
Mukofot «o‘z jamiyatlarida ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shgan va xalqaro hamkorlikka sadoqatini ko‘rsatgan» insonlarga beriladi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
14:47 / 22.11.2025