Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi
US Open finalida rossiyalik Daniil Medvedevni mag‘lub etgan Novak Jokovich «Katta dubulg‘a» turnirlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha Margaret Kortning mutlaq rekordini takrorladi.
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich 10 sentabr, yakshanba kuni Nyu-Yorkdagi turnir finalida rossiyalik Daniil Medvedevni uch setda (6:3, 7:6, 6:3) mag‘lubiyatga uchratib, US Open’da g‘olib chiqdi.
Bu - Jokovich uchun «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi 24-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa, u erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida o‘z rekordini yangiladi. Eng yaqin ta’qibchi ispaniyalik Rafael Nadal 22 ta «Katta dubulg‘a»ga ega.
Shu bilan birga, Jokovich ayollar o‘rtasida 24 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan avstraliyalik Margaret Kortning mutlaq rekordini takrorladi. Kortning 13 tituli tennis bo‘yicha Ochiq davrgacha bo‘lgan vaqtda qo‘lga kiritilgan, o‘shanda «Katta dubulg‘a» turnirlarida faqat havaskorlar ishtirok etishi mumkin edi.
«Katta dubulg‘a» turkumidagi to‘rtta turnirdan uchtasida g‘alaba
Bundan tashqari, 36 yoshli serbiyalik AQSh ochiq chempionatida g‘olib chiqqan eng keksa tennischiga aylandi. Yil boshida u xuddi shunday muvaffaqiyatni Fransiya Ochiq chempionatida qayd etgan edi. 2023 yilda Novak Jokovich «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi to‘rtta turnirdan uchtasida g‘olib chiqdi. U o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta shunday muvaffaqiyatga erishdi (ilgari 2011, 2015 va 2021 yillarda) - bu ham erkaklar tennisidagi mutlaq rekorddir.
Mavzuga oid
12:28 / 05.08.2024
Olimpiadaning 9-kuni. Jokovichning ko‘z yoshlari va yuz metrga yugurishda fotofinish
20:50 / 04.08.2024
Parij-2024. Jokovich – ilk marta Olimpiada chempioni
07:58 / 21.08.2023
Tennis. Jokovich Alkaras ustidan irodali g‘alabaga erishib, ATP Masters g‘olibiga aylandi
09:48 / 17.07.2023