Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi «KamAZ»da politsiya binosiga hujum qildi
U qo‘lga olindi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk shahrida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi «KamAZ» avtomobilida politsiya binosiga hujum qildi.
Baza xabariga ko‘ra, 12 sentabrga o‘tar kechasi haydovchi «KamAZ» mashinasida 2-son politsiya tayanch punkti binosiga yaqinlashib, manipulyator bilan beton blokini ko‘tarib, binoga zarba berishni boshlagan. Birinchi zarba kirish eshigiga, yana biri devorga berilgan. Oqibatda, politsiyachilar bino ichida qamalib qolgan. Haydovchi esa voqea joyidan qochib ketgan.
Shundan so‘ng, tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilib, 2 soat ichida haydovchi qo‘lga olingan. Uning ismi sharifi Jonibek Javliyev ekani aytilmoqda. Haydovchi nega bunday qilganini tushuntirib berolmagan.
Tergovchilar Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi («Bezorilik») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026