Jamiyat | 18:00 / 14.09.2023
4334
2 daqiqa o‘qiladi

“Bilim uchun 100 million” loyihasi e’lon qilindi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan olimpiada ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Loyihaning birinchi bosqichiga 12 sentabr kuni @bilimtestbot Telegram-botida start berildi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchi 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligida “Bilim uchun 100 million” loyihasiga start berildi. “Bilim uchun 100 million” loyihasi ommabop loyiha bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin

Mazkur loyihani o‘tkazishdan maqsad — O‘zbekistonda bilim olishni ommalashtirish, bilimdonlarni kashf etishdan va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat

Loyiha ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (12 sentabrdan 1 dekabrgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda o‘ktaziladi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi 12 sentabr kuni @bilimtestbot Telegram-botida start oldi va 1 dekabrga qadar davom etadi. Har hafta yangi tur e’lon qilinadi, 1 ta tur 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. Buni ishlash uchun 1 soat vaqt taqdim etiladi.

Har haftada taqdim etilgan savollarni foydalanuvchilar ishlab, 1 dekabrga qadar ball yig‘ib boradi. 1 dekabrga qadar @bilimtestbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi.

Olimpiada finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib 100 million so‘m, qolgan 99 nafar finalchining har biri esa 1 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

 

 

Mavzuga oid